Sirdaryoda ikki nafar MIB xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

10:35 19 Mart 2026 Jamiyat
152 0

Illyustrativ foto

Sirdaryoda aliment ishini tugatib berish evaziga pul talab qilgan ikki MIB xodimiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 18-mart kuni fuqaro A.S. ariza bilan murojaat qilib, Byuroning Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani boʻlimi davlat ijrochisi Sh.V. unga nisbatan yuritilayotgan ijro ishini tamomlab berish evaziga 20 mln soʻm pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.

Mazkur murojaat asosida Bosh prokuratura hamda Majburiy ijro byurosi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda aniqlanishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.S.dan undiruvchi Sh.B. foydasiga 30 mln soʻm miqdorida moddiy va maʼnaviy zarar undirish belgilangan.

2025-yil 20-noyabr kuni mazkur ijro ishi Byuroning Mirzaobod tumani boʻlimi davlat ijrochisi B.D.ning ish yurituviga olingan.

18-mart kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida davlat ijrochilari B.D. va Sh.V. fuqaro A.S.dan 20 mln soʻm pul mablagʻini olib, shundan 14 mln soʻmini undiruvchi Sh.B.ga berish va qolgan 6 mln soʻmini oʻzaro taqsimlab olish jarayonida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ikki nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер