Sirdaryoda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi

17:00 02 Noyabr 2023 Jamiyat
443 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Guliston shahridagi “Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi”da hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi hamda respublika zargarlik sanoati koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Yarmarkaning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev bunday koʻrgazmalar respublikamiz viloyatlari ishlab chiqaruvchilarini bir-biriga bogʻlovchi katta maydon vazifasini oʻtayotganligini taʼkidladi.

Sanoat yarmarkasida mamlakatimizning barcha hududlaridan ishtirok etayotgan 200 ga yaqin yetakchi sanoat korxonalari, hunarmand va tadbirkorlarining import oʻrnini bosuvchi 750 turdagi mahsulotlari, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan turli jihoz va uskunalar namunalari hamda istiqbolli loyihalar namoyish etilmoqda.

Ikki kun davom etadigan yarmarkada elektrotexnika, kimyo sanoati, charm-poyabzal, energetika va qurilish materiallari sohasida mahalliylashtirish darajasini oshirish orqali ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar, zargarlik va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimotlar, “V2V” uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, sanoat tarmoqlari va kichik biznes subyektlari mahalliy mahsulotlarni xarid qilish hamda butlovchi qismlar, materiallar va xomashyolarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega boʻladi.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер