Sirdaryoda yer bilan bogʻliq boʻlgan qonunbuzarliklar soni maʼlum qilindi
Foto: Illustrativ foto
Sirdaryo viloyatida yer bilan bogʻliq boʻlgan150 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat Kadastr boshqarmasi maʼlum qildi.
Joriy yilning 5-fevral holatiga viloyatda 150 ta holatda 1,32 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan hamda ushbu qonun buzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan ogohlantirish berilgan.
Oʻzboshimchalik bilan noqonuniy egallangan yer maydonlari tahlil qilinganda:
3 ta holatda 0,16 gektari uy-joy qurish uchun;
136 ta holatda 0,72 gektari noturar joy qurish uchun;
11 ta holatda 0,44 gektari dala tomorqa va boshqa maqsadlarda egallab olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring