Sirdaryoda boʻlgan YTHda haydovchilardan biri yonib ketdi
Sirdaryo viloyatida “Nexia” va “Zil” yuk avtomobili toʻqnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 19-noyabr kuni soat 14:25 da Mirzaobod tumani hududidan oʻtuvchi M-34 avtomobil yoʻlining 132-kilometrida “Nexia” rusumli avtomashina bilan “Zil” yuk mashinasi toʻqnashib ketgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida yoʻlovchi avtomobili yonib ketgan, haydovchi esa kuyib halok boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring