Sirdaryoda bolalarni bogʻchaga qamrab olish darajasi oshib bormoqda

17:07 30 Yanvar 2024 Jamiyat
420 0

Guliston tumanidagi Tajribakor mahallasida 5-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi.

Loyiha qiymati 4 milliard 220 million soʻmlik ushbu muassasa 150 oʻringa ega. MTTda bolajonlarning sifatli taʼlim-tarbiyasi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan, xususan, oʻyin maydonchalari, mashgʻulot xonalari, oshxona, musiqa zallari zamonaviy jihozlangan.

— 2023-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, Sirdaryo viloyatida 963 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritgan boʻlsa, 2024-yil boshida ularning soni 1 097 taga yetdi, — deydi Sirdaryo viloyati maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi axborot xizmati rahbari Dilfuza Oʻroqboyeva. — Bunda davlat va davlat-sheriklik asosidagi MTTlar jami 6 taga koʻpaygani holda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni nisbatan ancha koʻp – 128 taga oshdi. Shunday qilib, joriy yil yanvar oyida viloyatimiz boʻyicha 3-7 yoshdagi bolalarning MTTlardagi taʼlim-tarbiya bilan qamrab olinish darajasi 82,9 foizga yetdi.

Yil yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichni 85 foizga yetkazish koʻzda tutilgan.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер