Sirdaryoda bojxonachilar pirotexnika vositalari navbatdagi noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishdi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda Sayxunobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtotransport vositasi toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasidagi banan qutilari orasiga 8 quti pirotexnika vositalari yashirilganini fosh boʻldi.
Xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari boʻlmagan 3 turdagi 201 ming donadan ortiq salyut va petardalarning umumiy qiymati 123 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring