Sirdaryoda “Adliya sayli” oʻtkaziladi

16:04 05 May 2022 Jamiyat
603 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilning 6-may kuni Guliston shahrida joylashgan “Bilimdonlar maskani”da “Adliya sayli” boʻlib oʻtadi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish, aholi, ayniqsa yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkalarini oʻtkazish, beshta muhim tashabbus boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil etiladi.

Shuningdek, sayil doirasida huquqiy testlar, “Zakovat” intellektual oʻyinlari, mushoira va sport musobaqalari, tibbiy koʻrik, mehnat yarmarkalari tashkil etiladi.

Sayil dasturidan xushovoz xonandalarning kuy-qoʻshiqlardan tuzilgan konsert dasturi va badiiy chiqishlar ham oʻrin olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер