Sirdaryo viloyatida yangi elektr stansiya ishga tushirilmoqda
Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.
Obyektda kurilish-montaj ishlari yakunlanib sozlash va ishga tushirish ishlari bajarilmoqda.
Kecha, 9-oktyabr kuni elektr stansiyaning ilk gaz-porshenli qurilmalari sinovdan muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Stansiya ikki hafta ichida Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.
Elektr stansiya yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring