Sirdaryo viloyatida 25 kunda 154028 tonna don topshirilib, belgilangan marra egallandi
Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar tarqatdi. Ushbu mehnat zafariga qisqa muddat — 25 ish kunida erishildi.
Belgilangan 153978 tonna oʻrniga 154028 tonna don topshirilib,shartnomaviy reja 100,3 foizga bajarildi.
Viloyat boʻyicha bu yil 1959 ta fermer xoʻjaligida, 85 ming gektar maydonda gʻalla yetishtirildi. Mirzaobod, Boyovut va Sayxunobod tumanlari dehqonlari shartnomaviy rejani birinchilardan boʻlib ado etdi.
Maʼlumot uchun: mamlakatimizda gʻalla xarid narxlarini hosildorlikka qarab belgilash va toʻlash tartibi joriy qilingan. Ayni shu yangilik hamda fermer xoʻjaliklariga davlat tomonidan har jihatdan amaliy yordam koʻrsatilayotganligi Sirdaryo viloyatida ham katta samara bermoqda.Xususan, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi - moylash materiallari va zarur moddiy yordam taʼminotining oʻz vaqtida, kafolatli amalga oshirilayotgani gʻalladan moʻl hosil olishda muhim omil boʻldi
Ahmadali SHERNAZAROV
(“Xalq soʻzi”).
.
.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring