Sirdaryo viloyati va Pyontek shahri Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
Janubiy Koreya rasmiylari va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning Sirdaryoga tashrifi doirasida joriy yilning 26 aprel kuni Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamda Janubiy Koreya Respublikasi Pyontek shahar Savdo-sanoat palatasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tashrifdan maqsad o‘tgan yilning noyabr oyi boshida viloyatimiz delegatsiyasining Koreyaga qilgan safari davomida boshlangan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, investitsiya, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarning amaliy jihatlarini muhokama qilishdan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring