Sirdaryo havzasi suvi qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikda muhofaza qilinadi

20:13 21 Dekabr 2022 Siyosat
467 0

Foto: Халқ сўзи

Toshkentda Sirdaryo havzasi suvini muhofaza qilish va sifatini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston – Qozogʻiston ishchi guruhining 5-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda ishchi guruh tomonidan Sirdaryo havzasi suvi sifatini nazorat qilish boʻyicha 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

Oʻtgan davrda olingan suv namunalari tahlili natijasi, birgalikdagi nazorat tadbirlari, suvni ifloslantiruvchi asosiy manbalar, suv sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi. Yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, bu borada qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar koʻlamini yanada kengaytirish masalasi koʻrib chiqildi.

Yigʻilish yakunida 2023-yil uchun nazarda tutilgan ishlar rejasi kelishib olindi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер