Sirdaryo delegatsiyasi Xitoyda: istiqbolli va yuqori samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatilmoqda

11:26 30 Mart 2026 Jamiyat
240 0

Ayni paytda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Tyanszin (Tianjian) shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Delegatsiya safarning ilk kunida Xitoy–SHHT Yashil sanoat hamkorlik markazi, raqamli iqtisodiyot hamkorlik platformasi, “Phytium Information Technology” kompaniyasi, Xalqaro tibbiy asbob-uskunalar savdo platformasi markazi hamda qator yirik tashkilot va kompaniyalar faoliyati bilan tanishdi. Raqamli iqtisodiyot va maʼlumotlar boshqaruvi, yuqori texnologiyali industrial hududlar, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik, innovatsion ishlab chiqarish, elektron xarid va tibbiyot infratuzilmasi yoʻnalishlari boʻyicha amaliy muloqotlar oʻtkazdi.

Shunindek, “360 Technology Group”, “Tianjin Haitai Internet Technology” kabi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Aytish lozimki, mazkur safar Sirdaryo viloyatida yangi texnologiyalar, investitsiya va zamonaviy boshqaruv yechimlarini jalb qilish boʻyicha yanada katta amaliy qadamlarga xizmat qiladi.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер