Sinovli kunlardagi xayriya ishlari
Prezidentimiz tashabbusi bilan bugungi sinovli kunlarda, epidemiologik vaziyatni yaxshilash, sogʻlom muhit holatini yana-da mustahkamlash maqsadida, ijtimoiy himoyaga muhtoj boquvchisini yoʻqotgan nogironligi bor shaxslarga yordam berishni koʻzlab, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tashkil etildi.
Bu yurtimizda inson qadr-qimmati uning manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligidan dalolatdir.

Xususan, Fargʻona viloyatida ham ushbu markazning faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunga qadar, aholidan “call-1197” raqamiga kelib tushgan murojaatlar soni 3500 tani tashkil etib, hozirgi kunda ularning 2961 tasiga 450 mln.540 ming soʻmlik 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib berildi.
Bularning 1445 tasi kam taʼminlangan, 425 tasi nogironlar, 394 tasi boquvchisini yoʻqotgan, 301 tasi yakka yolgʻiz hamda qolgani boshqa turdagi (kambagʻal, ehtiyojmand) larni tashkil etadi.
Shuningdek, ushbu murojaatlardan tashqari 19 ta shahar tumanlarda hozirgi kunga kelib 15285 ta ehtiyojmand oilaga 2 mlrd. 155 mln. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi.
J. Akbarov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring