Sifati kafolatlanmagan 917 million soʻmlik tibbiy buyumlar va dori vositalari savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro U.A. “Qizgʻaldoq” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan binoda xorijda ishlab chiqarilgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 917 million soʻmlik 4 ming 500 dona tibbiy buyumlarni hamda 97 quti “Protamine Sulphate Injection” nomli dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan ushbu dori vositalari hamda tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring