Shveysariya maktablarni qayta tiklash uchun Ukrainaga 6 million dollardan ortiq mablagʻ ajratadi
Illyustrativ foto
Shveysariya hukumati Ukrainadagi maktablarni tiklash uchun taxminan 6,1 million dollar ajratishga qaror qilgan.
“Shveysariyaning taʼlim sohasidagi ushbu yordami fevral oyida Federal Kengash tomonidan eʼlon qilingan va parlament tomonidan maʼqullangan Ukrainaga 140 million frank (taxminan 155 million dollar)lik yordam rejasining bir qismidir”, — deyiladi hukumat bayonotida.
Qayd etilishicha, Ukrainaga yordam paketi Shveysariya Tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis tomonidan tasdiqlangan. Mablagʻlar 30 ga yaqin maktabni taʼmirlash va rivojlantirishga moʻljallangan.
Avvalroq, Shveysariya Federal kengashi mahalliy davlat mudofaa kompaniyasi “Ruag“ning Germaniyaning ”Rheinmetall“ konserniga Ukrainaga topshirish uchun moʻljallangan 96 ta Leopard 1 A5 tankini sotish boʻyicha soʻrovini qanoatlantirmagan edi. Uning bayonotiga koʻra, Bern oʻz qaroriga Shveysariyaning neytral maqomi sabab boʻlgan. Unda qayd etilishicha, tanklarni sotish xususan, harbiy mulk toʻgʻrisidagi qonunga zid keladi va mamlakatning betaraflik siyosatini oʻzgartirishga olib keladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shveysariya Kiyevga qurollarni reeksport qilishga ruxsat berishga rozi boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring