Shuhrat Salayev xalqaro musobaqa chempioni!
Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Tehronda “Fajr Open” xalqaro musobaqasi davom etmoqda. Ortda qolgan navbatdagi kunda taekvondochimiz Shuhrat Salayev delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
-80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Salayev ajoyib texnikasi va gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi bilan barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratdi. Finalda hamyurtimiz eronlik Muhammad Hussayin Yazdanini 15:11 hisobida dogʻda qoldirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring