“Shu yilning oʻzida umumiy ovqatlanish sektorida mehnat sharoitlarini oʻrganish yoʻlga qoʻyiladi” — Tanzila Norboyeva

11:11 31 Mart 2022 Jamiyat
824 0

Foto: Oliy Majlis Senati

“Oʻzbekistonda munosib mehnatni ilgari surish: insonga yoʻnaltirilgan yondashuv” mavzuidagi xalqaro anjuman davom etmoqda.

Konferensiyada soʻzga chiqqan Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi T. Norboyeva quyidagilarni taʼkidlab oʻtdi:

«Barchangizning xabaringiz bor, 2021-yilning sentyabr oyida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha yangi mamlakat dasturi qabul qilindi.

Mazkur dasturining qabul qilinishi Oʻzbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishda yangi muhim bosqich boʻlibgina qolmay, balki oʻzaro ishonchli muloqotni chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, BMTning barcha agentliklari, xorijiy mamlakatlarning elchilari va xalqaro hamjamiyatning boshqa vakillaridan iborat xalqaro hamkorlarimizga bizlarni qoʻllab-quvvatlaganlari va biz bilan yaqin hamkorlik qilganliklari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.

...Albatta, biz bu bilan toʻxtab qolmaymiz, erishilgan yutuqlardan mahliyo boʻlib qolmasdan bundan keyin ham boshqa dolzarb boʻlgan tarmoqlar boʻyicha ishlar davom ettiriladi.

Masalan, shu yilning oʻzida umumiy ovqatlanish sektorida mehnat sharoitlarini oʻrganishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер