Shovot tumanida 2 ta avtobus yoʻnalishi aholi uchun bepul xizmat qilmoqda

18:36 21 Yanvar 2023 Jamiyat
678 0

Noqulay ob-havo sharoitida yoʻlkira narxi asossiz oshib ketish holatlarining oldini olish va aholi uzogʻini yaqin qilish maqsadida viloyat transport boshqarmasi yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuchi tadbirkorlar bilan hamkorlikda zarur choralarni koʻrmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabariga koʻra, Shovot tumanining ichki yoʻnalishlaridagi “Shovot — Monoq” va “Shovot temir yoʻl stansiyasi — tuman kinoteatri” vaqtinchalik yoʻnalishlarida tadbirkorlar tomonidan bepul avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер