Shoshtepa arxeologik yodgorligi saqlab qolinadi

16:25 05 Sentyabr 2019 Jamiyat
2910 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Shoshtepa arxeologik yodgorligining hozirgi holati keng muhokama qilinmoqda. Toshkentliklar uning atrofidagi qurilish ishlari sabab yodgorlikka ziyon yetayotganidan va u kelajak avlodlar uchun saqlanmasligidan xavotirlarini bayon etganlar. Bu haqida tadqiqotchi Rustam Husanov tarixchi Margarita Filanovichning soʻzlariga tayanib yozgan.

Toshkent shahar hokimligi ushbu tarixiy meros nafaqat munosib saqlab qolinishi, balki lozim darajada qayta taʼmirlanishidan manfaatdor. Hozir mazkur yodgorlikni asrab-avaylash boʻyicha loyihalash ishlari olib borilmoqda, qulab tushgan tepalik ustini yopish va obyekt atrofida sayyohlik hududini tashkil etish rejalashtirilgan.

Hokimlik bu haqida keyinchalik atroflicha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Shoshtepa miloddan avvalgi IX va milodiy XVI asrlarga oid yodgorlik boʻlib, Sergeli tumani, Choshtepa koʻchasida, Joʻn kanali boʻyida joylashgan. Va ayni shu yodgorlikdan Toshkentning 2200 yoshini belgilashga imkon beradigan shaharcha belgilari topilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер