Shoʻrtan gaz kimyo majmuasiga oʻrnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati oshirildi
Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida 2023-2024-yillar davomida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga qadar majmuaga qarashli obyektlarda jami 430 kVt quvvatga ega, maʼmuriy boshqaruv binosida 50 kVt quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgan. Shuningdek, 81 dona ichki yoritish chiroqlariga zamonaviy harakatlanish datchiklari oʻrnatildi.
Bundan tashqari, majmuadagi avtotransport vositalarida gaz yoqilgʻi turini oʻzgartirish va suyuq uglevodorodlarni tashishda xarajatlarni qisqartirish evaziga avtomobil yoqilgʻisini tejash masalalari ham koʻrib chiqilmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida yil oxirigacha 4 494,3 ming kVt soat elektr energiyasi, 20 074 G kal issiqlik energiyasi, 25 568 m kub suv iqtisod qilinishi rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring