Shoʻrchidagi oilaviy poliklinika xodimlariga 10 ta elektroskuter berildi

10:51 05 Aprel 2024 Jamiyat
899 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Farhod Esonov/«Xalq soʻzi». Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasining yangidan qurilgan «Yorugʻlik» filiali binosi foydalanishga topshirildi.

89-oilaviy poliklinikasining «Yorugʻlik» filiali toʻrtta mahalla — «Elbayon», «Goʻzallik», «Gʻarmaqoʻrgʻon», «Qoraariq» mahallasining 20 mingdan ortiq aholisiga xizmat qiladi. Yangidan barpo etilgan birlamchi tibbiyot boʻgʻini binosi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Patronaj xizmati koʻrsatish sifatini yaxshilash va tezkorligini taʼminlash maqsadida tibbiyot maskaniga 10 ta elektroskuter, 10 ta planshet hamda «Elektron poliklinika» tizimini joriy etish uchun kompyuter jamlanmalari, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar ham topshirildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi U. Qosimov qatnashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер