Shoʻrchida “Neksiya-3” 11 yoshli bolani urib ketdi
Foto: yhxbb_uz
Joriy yilning 23-may kuni soat 13:00 larda, Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani, “Boʻston” M.F.Y. hududidan oʻtuvchi mahalliy avtomobil yoʻlida haydovchi, 1992-y.t. S.X. “Neksiya-3” rusumli transport vositasi tezligini meʼyoridan oshirgan holda boshqarayotib, yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan piyoda, voyaga yetmagan, 2009-y.t. S.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda 11 yoshli S.T. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Shoʻrchi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring