Shon-sharafimiz timsoli
Termiz shahridagi osmonoʻpar flagshtokka oʻrnatilgan bayroq ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 28 yilligiga bagʻishlangan “Bayrogʻimiz—faxrimiz, gʻururimiz” mavzuida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, professor-oʻqituvchilar, talaba yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Unda taʼkidlanganidek, milliy bayrogʻimiz mustaqil davlatchiligimiz ramzi, xalqimizning orzu-umidlari, gʻururi belgisi sifatida har bir kishining faxr- iftixor tuygʻusini yuksaltirayotir. Bayrogʻimiz milliy-tarixiy anʼanalarimiz, uzoq oʻtmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlarni oʻzi ifoda etgan.

Tadbir davomida Termiz shahar koʻchalari boʻylab Oʻzbekiston Milliy gvardiyasining harbiy otliqlar otryadi, viloyat ichki ishlar boshqarmasining skuterlari, chegara qoʻshinlarining kvadratsikllari, harbiy avtomashina va velosportchilari ishtirokida bayram marshi tashkil etildi. Yoshlar oʻrtasida yugurish boʻyicha velomarafon oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring