Sholidan bir yilda ikki marta hosil olinmoqda

14:22 20 Noyabr 2023 Jamiyat
218 0

Izboskan tumanida sholidan bir maydonda ikki marta hosil olish yuzasidan tadqiqot ishlari olib borildi. Bu borada Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar markazi tizimidagi sholichilik instituti va Koreya Respublikasining “Kopia” markazi bilan hamkorlikdagi izlanishlar samara berdi. Ayni paytda tadqiqot ishlari yakuniga yetkazilib, “Nodirbek sholikori” fermer xoʻjaligida ikkinchi hosilni yigʻib olish ishlari — yakuniga yetkazildi.

— Andijonlik sholikorlar bilan olti yil davomida hamkorlik qildik, — deydi “Kopia” markazi direktori Ox Sung Jong. — Erishgan yutuqlarimiz amaliyotda oʻz samarasini berishi, shubhasiz. Boisi, shu kungacha hosildorlikni 40 foizga, fermer xoʻjaligi daromadini esa 30 foizga oshirishga erishdik.

Joriy yilda ushbu fermer xoʻjaligida birinchi mavsumda 65 sentnerdan, ikkinchi mavsumda esa 50 sentnerdan hosil olishga erishildi. Shunda bir gektar maydondagi sholipoyadan 11,5 tonna hosil oʻrib olindi. Anʼanaviy usulda bir gektar maydondan 35 million soʻm foyda olingan boʻlsa, sholichilikka yangicha yondoshuv natijasida ushbu koʻrsatkich 65-70 million soʻmni tashkil etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер