Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi aniq boʻldi

16:34 08 Noyabr 2018 Sport
1855 0

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 10 noyabr kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Hamyurtimizga bu safargi jangda amerikalik Zak Remsi raqiblik qiladi.

Jang AQSHning Chikago shahrida boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Zak shu kungacha professional ringda 12 ta jang oʻtkazib, ularning 8 tasida gʻalaba qozongan (4 tasi nokaut evaziga). 4 ta jangda magʻlub boʻlgan (2 ta nokaut).

Shohjahon esa professional boksdagi faoliyati davomida 13 ta jang oʻtkazib, ularning barchasini oʻz foydasiga hal qilgan. 12 ta jangda hamyurtimiz muddatidan oldin gʻalaba qozona olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер