Shifokorlarning xatosi bilan 140 kishiga koronavirusga qarshi vaksina oʻrniga fiziologik eritma yuborilgan
Fransiyaning shimoli-sharqidagi Eperne shahridagi emlash markazida shifokorlarning xatosi bilan 140 kishiga vaksina oʻrniga fiziologik eritma yuborilgan. Bu haqda mahalliy “Le Point” gazetasi yozmoqda.
Hodisa 20-aprel kuni sodir boʻlgan. Bunday eritmalar shifokorlar tomonidan turli xil protseduralar, shu jumladan, yaralarni tozalashda ishlatiladi. Mutaxassislar ushbu xatoni ertasi kuni sezib qolishgan.
Gazetaning yozishicha, emlash markazi shifokorlari zudlik bilan barcha “emlangan”lar bilan bogʻlanib, ular yaqin kunlar ichida haqiqiy vaksinani olishlarini aytishgan. Ulardan ayrimlari 23-aprel kuni vaksina qabul qilgan. Ushbu anglashilmovchilikning sabablari haqida maʼlum qilinmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring