Shifokor vaksina olganlarda «Omikron» shtammi qanday namoyon boʻlayotgani haqida maʼlumot berdi

00:21 26 Dekabr 2021 Dunyo
1613 0

Illyustrativ foto

Koronavirus «Omikron» shtammi faqat emlangan odamlarda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan oʻziga xos alomatlarga ega. Bu haqda epidemiolog va London Qirollik kolleji professori Tim Spektor maʼlum qildi.

«Umuman olganda, COVID-19 yuqori isitma, uzoq davom etadigan yoʻtal, taʼm va hidning oʻzgarishi yoki yoʻqolishi bilan tavsiflanadi. Ammo «Omikron» shtammi bir qator boshqa koʻrinishlarda farqlanadi», deydi Spektor.

Epidemiologning aytishicha, «Omikron»ni yuqtirgan emlangan bemorlarda koʻngil aynishi va ishtaha yoʻqolgan, ammo harorat koʻtarilmagan. Shuningdek, bemorlar bosh ogʻrigʻi va tomoq ogʻrigʻidan shikoyat qilishgan, ayrimlarida qayd qilish holatlari kuzatilgan.

Oldiroq, olimlar «Omikron» shtammining noodatiy alomatlarini aniqlagani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер