Shifokor kvasning ayrim odamlar uchun xavfliligi haqida maʼlumot berdi

18:43 13 May 2022 Dunyo
813 0

Illyustrativ foto

Diabetga chalinganlar kvas ichishi tavsiya etilmaydi.

Endokrinolog Tatyana Filippova surunkali kasalliklarga chalingan odamlarning ayrim toifalari uchun kvasning xavfi haqida maʼlumot berdi.

Uning taʼkidlashicha, qandli diabet va oshqozon-ichak trakti bilan bogʻliq muammolarga duchor boʻlganlar odamlarga ushbu ichimlikni ichish tavsiya etilmaydi. Shu oʻrinda mutaxassis tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan kvasning doʻkonlarda sotiladiganidan juda farq qilishini eslatib oʻtdi. Yaʼni sanoat usulida ishlab chiqarilgani ayrim qoʻshimchalar tufayli foydali moddalarni oʻz ichiga olmaydi.

“Qadoqdagi «tabiiy” yozuvi koʻpincha tanaga zarar etkazadigan ozuqaviy qoʻshimchalarning aralashmasini yashiradi», deydi endokrinolog. Uning qoʻshimcha qilishicha, boʻyoqlar, konservantlar, lazzat kuchaytirgichlar organizmga salbiy taʼsir qiladi. Shu bois sotib olishdan oldin yorliqqa diqqat qilish kerak.

Shuningdek, Filippova tabiiy kvas ham zarar yetkazishi mumkinligini aytmoqda.

“Kvasda alkogol bor, garchi minimal miqdorda boʻlsa ham, lekin u bor. Bundan tashqari, tarkibida shakar mavjudligi sababli, ichimlik diabet bilan ogʻrigan, oshqozon-ichak traktiga bogʻliq muammolari bor bemorlar uchun bu ichimlik zararlidir”, deya ogohlantirmoqda shifokor.

Shu bilan birga, u tabiiy kvasning afzalliklari haqida ham maʼlumot berdi.

«Kvasda koʻp miqdorda minerallar mavjud. U oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi, immun tizimiga ijobiy taʼsir qiladi va prebiotik* vazifasini bajaradi», deya xulosa qildi Filippova.

*Probiotiklar —  ichaklarda yashovchi va undagi normal mikroflorani saqlaydigan foydali bakteriyalardir. Ular ovqat hazm qilishda yordam beradi va patogen — zararli bakteriyalarga qarshi kurashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер