Sherzod Boʻriyev Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga tayinlandi
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Boʻriyev Sherzod Axadovichni Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Sherzod Boʻriyev 1982-yilda Shahrisabz tumanida tugʻilgan. U Qarshi davlat universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
Tayinlovga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring