Shey Xuning korxonadagi koʻngilochar maskani

15:22 12 Fevral 2025 Jamiyat
320 0

Vobkent tumanidagi “Hajuvon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida ayni paytda tadbirkorlar tashabbusi bilan tashkil etilgan 20 dan ortiq korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Ular orasida “Best basheliy indust entry” xususiy korxonasi alohida ajralib turadi.

Xitoylik investor Shey Xu sarmoyasi asosida barpo etilgan mazkur tadbirkorlik subyekti texnik tuzni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday mahsulotga ichki bozorda talab katta. U qadoqlangan holda buyurtmachilarga yetkazilmoqda. Korxonada 12 kishining bandligi taʼminlangan. Kuniga 30 tonnagacha xomashyoni qayta ishlash imkoniyati mavjud.

Eʼtiborlisi, korxonaning moʻjazgina koʻngilochar maskani bor. U sarmoyador Shey Xu tomonidan barpo qilingan.

— Bolaligimdan nabotot olamiga, xususan, qushlarga mehr qoʻyganman, — deydi u. — Taqdir ekan, bir necha yildirki, Buxoroda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanyapman. Yurtingiz odamlari mehr-oqibatli, tabiati esa maftunkor. Shu boisdan menda kichik boʻlsada qushlar burchagi tashkil etish fikri tugʻildi. Negaki, tabiatning bu nozik, hurkak jonzotlarini koʻrgan kishi charchoqni unutadi. Bir olam zavqu shavq oladi.

Korxonaning koʻngilochar maskanida tovus, oʻndan ziyod turdagi kabutarlar bor. Shey Xuning taʼkidlashicha, ular orasida naslining kelib chiqish tarixi asrlarga borib taqaladigan, noyob xat tashuvchi kabutarlarni ham koʻrishingiz mumkin.

Yurtimizda sanoat korxonalari yil, oy sayin koʻpaymoqda. Qaniydi, ularda ham kishini ona-tabiatimiz goʻzalligi, tarovatidan bahramand qilib, nabotot olamini asrab-avaylashga daʼvat etuvchi shunday jajji maskanlar yaratilsa...

Shuhrat SHARIPOV,

Vobkent tumani hokimligi matbuot xizmati rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер