Shavkat Umurzoqov Yaponiya favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashdi
Joriy yilning 8-avgust kuni Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Takashi Xatori bilan uchrashdi.
Janob Xatori samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik siyosati va keng islohotlarni e’tirof etdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stona aloqalar hozirgi kunda ham rivojlanib, kengayib borayotganidan mamnunligini bildirdi.
Sh. Umurzoqov Takashi Xatorining yangi lavozimga kirishgani bilan tabriklab, unga davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy, diplomatik, madaniy munosabatlarni mustahkamlashda ulkan muvaffaqiyat tiladi. Bugungi kunda Toshkent shahri Yaponiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy, shaharsozlik, turizm, madaniyat, fan va ta’lim sohalarida faol hamkorlik qilib kelayotganini aytib, uni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Shuningdek, Toshkent shahri tez sur’atlarda rivojlanayotgani barobarida qurilayotgan Yangi Toshkent tumani va Yangihayot tumanida faoliyatini boshlagan "Yangihayot industrial texnoparki", ularning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida taraflar amaliy muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring