Shavkat Umurzoqov Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi
Mehmonlarni samimiy qarshi olgan Sh.Umurzoqov oʻzbek-turk qardosh xalqlarining umumiy jihatlari haqida soʻz yuritib, ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali siyosiy va biznes-aloqalarning qamrovi kengligini taʼkidladi. Mehmonni Yangi Toshkent tumani, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan loyihalar haqida maʼlumot berib, O. Bekar koʻmagida turk kompaniyalari poytaxtimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.
Mehmon qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻzbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu, shubhasiz, davlatlarimiz rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini taʼkidladi.
Shu bilan birga, taraflar Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent koʻchalaridan biriga berish, poytaxtimizda turk xiyobonini tashkil qilish kabi masalalarini muhokama etdilar.
Sh. Umurzoqov ushbu masalalarning yechimida imkon qadar koʻmak berishga tayyorligini bildirdi. Oʻz navbatida, Olgan Bekar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga vaʼda berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring