Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi ikkinchi kuni doirasida o‘tkazilgan qator ishbilarmonlik tadbirlaridan fotoreportaj

18:48 19 May 2023 Siyosat
1191 0

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi ikkinchi kuni doirasida qator ishbilarmonlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari XXR Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen hamrohligida shu kunlarda Sian shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi. Ko‘rgazma doirasida Sian shahri hamda Sirdaryo, Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlari o‘rtasidagi teleko‘prik orqali yangi qo‘shma loyihalarni tantanali ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, jami 3,3 milliard dollarlik 15 ta loyihani - avtomobil va elektromobillar, qurilish materiallari, metalldan keng turdagi mahsulotlar, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirdi va yangi korxonalar qurilishiga start berdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Xitoy ishbilarmon, moliya va investisiya doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер