Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi

19:37 20 Oktyabr 2022 Siyosat
956 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga joʻnab ketdi.

Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralar chogʻida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi. Sammit yakunida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha oʻndan ziyod hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

Ashxobod shahrida “Toshkent” bogʻining ochilishi, «Xorazm–Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishining boshlanishi ham tashrifning muhim voqealari boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер