Shavkat Mirziyoyev: "Muammolarni tezkor aniqlab, hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topishimiz zarur”

17:39 31 Mart 2022 Siyosat
1098 0

Prezidentimiz raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib hudud va tarmoqlarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.

“Hozir dunyoda juda murakkab davr davom etyapti. Har kuni yangi sinovlar bilan toʻqnash kelyapmiz.

Lekin, bu – ertaga nima boʻladi deb, kutib oʻtirish kerak, degani emas. Muammolarni tezkor aniqlab, hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topishimiz zarur”, dedi Prezident.

Qoraqalpogʻiston, Andijon, Surxondaryoda tadbirkorlarning muammolarini ichiga kirib, koʻp takliflar tayyorlangani qayd etilib, qolgan viloyatlarning harakati sust, tashabbus va tahlil yoʻqligi tanqid qilindi.

Masalalarni doimiy tahlil qilish va tezkor choralarni koʻrib borish maqsadida Bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi. Ushbu shtabga viloyat hokimlari va tegishli vazirlar ham aʼzo boʻladi.

Shtab oldiga bozordagi narx-navoni kundalik ahvoli boʻyicha zarur tezkor choralarni koʻrib borish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер