Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryoga boradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, safarning keng koʻlamli dasturidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, qurilish, ijtimoiy va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish oʻrin olgan.
Ertaga davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring