Shavkat Mirziyoyev 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi

14:22 30 Yanvar 2022 Dunyo
2219 0

XXR Raisi Si Szinpin taklifiga binoan, 4-fevral kuni Pekinda boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.

“Sinxua” axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, Xitoy rahbari 4-6-fevral kunlari Pekinda 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek, xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari aʼzolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi oʻtkazadi.

Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bor.

Olimpiya oʻyinlari 4-20-fevral kunlari, Paralimpiya oʻyinlari esa 4-13-mart kunlari boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер