“Sharq atirguli” festivali bu yil xalqaro miqyosda o‘tadi

Poytaxtimizda tashkil etilgan anjumanda shu haqda ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tasarrufidagi “Sharq atirguli” bolalar ijod uyi hamda qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkaziladigan festivalda Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Bolgariya, Chexiya, Fransiya kabi chet davlatlardan mingga yaqin yoshlar vokal, xoreografiya, an’anaviy estrada ijrochiligi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishi kutilmoqda. G‘oliblar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Festival shu yilning 2-7 may kunlari o‘tkaziladi. Festival doirasida ishtirokchilar yurtimizning tarixiy shaharlariga ham sayohat qilishi rejalashtirilgan.
Muhammadjon AHMADJONOV.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring