Sharofiddin Boltaboyev bronza medali uchun oʻtish bahsida qatnashadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
2-bosqichda iroqlik raqibi Sajjad Sehin diskvalifikatsiya hisobiga yutgan, soʻngra fransiyalik Alfa Umar Jaloni ikkita vaza-ari hisobiga magʻlub etgan sportchimiz Janubiy Koreya vakiliga imkoniyatni boy berdi.
Shunga qaramasdan, Sharofiddin Boltaboyev oʻtish bosqichida qatnashadigan boʻldi.
U 81 kg vazn toifasida bronza medali uchun tojikistonlik Somon Mahmadbekovga qarshi tatamiga chiqadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring