Sharafli kasb egalari mehnatining yuksak eʼtirofi

12:01 13 Noyabr 2021 Jamiyat
1891 0

Poytaxtimizdagi “Turkiston” sanʼat saroyida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri davom etmoqda. 

Tantanali marosim Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi.

Shundan soʻng Prezidentimizning Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasi xodimlariga yoʻllagan bayram tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva oʻqib eshittirdi.

Ushbu tabrikda qayd etilganidek, xalqimiz tibbiyot xodimlari timsolida oʻz hayotini ana shunday ulugʻ va masʼuliyatli ishga bagʻishlagani, el-yurt salomatligini asrash yoʻlida bor bilim va tajribasi, isteʼdod hamda mahoratini safarbar etib kelayotgan sharafli kasb egalarini koʻradi va mashaqqatli mehnatingizni doimo munosib qadrlaydi.

Tibbiyot xodimlarini tabriklash uchun Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev soʻzga chiqdi.

Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mukofotlarni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva oʻz egalariga topshirdi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер