Shanxayda turizmga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkaziladi

20:54 16 Dekabr 2023 Jamiyat
426 0

Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyevning Shanxay shahri merining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Liu Duo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro turistlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shanxay aholisini respublikamiz sayyohat imkoniyatlari, xalqimizning boy madaniyati va urf-odatlari bilan tanishtirish maqsadida 2024 yil yanvar oyida Shanxay meriyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston madaniyati va turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimoti tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Shanxay shahri yetakchi ommaviy axborot vositalarida hamda aholi gavjum asosiy ko‘chalaridagi katta ekranlarida videoroliklar namoyishi orqali O‘zbekiston turizm salohiyati targ‘ib etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер