Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov BAAda chempion boʻldi
Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida shaxmat boʻyicha “5th Sharjah Masters 2022” xalqaro turnir yakunlandi.
31 davlatdan 80 nafar shaxmatchi ishtirok etgan musobaqa shveysarcha tizimi boʻyicha 9 turda oʻtkaziladi.
Turnirda Oʻzbekiston sharafini Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Humoyun Begmuratovlar himoya qilishdi.
Musobaqa yakunlariga koʻra, ushbu xalqaro turnirda 9 turdan keyin 7 ochko toʻplagan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring