Shayhontohur tumanida joylashgan savdo majmuasida yongʻin  sodir boʻldi

13:08 28 Oktyabr 2023 Jamiyat
261 0

28-oktyabr kuni soat 06:58 da Toshkent shahar Shayhontohur tumani “Boʻston” MFY, Beruniy koʻchasida joylashgan “Ecobozor” majmuasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 07:04 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 07:19 oʻrab olingan va soat 07:26 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida savdo majmuasining 80 kv.m tashqi devor qoplamasi qismi va shu joydagi kafening 70 kv.m maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida savdo majmuasining 7000 kv.m maydoni yongʻindan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер