Shahrixonda yangi klub ish boshladi

11:36 09 Mart 2020 Jamiyat
1539 0

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda bu kabi yangiliklar odatiy xolga aylanib qolgani rost. Biroq, Andijon viloyati uchun buning oʻziga xos sabablari bor.

-Oʻtgan yili yurtimiz tarixida ilk marotaba Toshkent shahrida MMA boʻyicha nufuzli GFC-20 xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi,-deydi klub tashkilotchisi Nursulton Roʻziboyev. -Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 7 nafar sportchisi ishtirok etib, ulardan 5 nafari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Eng quvonarlisi, mazkur sportchilarning 3 nafari Andijon farzandlari. Oʻshanda oʻzim ham gʻoliblik shoxsupasida: “Kelgusida oʻzim tugʻilib oʻsgan Shahrixon tumanida klub ochib, men kabi gʻoliblar safini yana-da kengaytiraman,”- deya niyat qilgandim.

Xalqaro musobaqalar gʻolibi boshlagan tashabbus kelgusida oʻz natijasini beradi va respublikamiz sportining taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер