Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda — Qonun loyihasi

17:21 15 Avgust 2023 Siyosat
965 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qurilish sohasiga oid ularga xos boʻlmagan ayrim vakolatlarini tugatishga qaratilgan — “Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarning takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Shaharsozlik kodeksidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatini chiqarib tashlash taklif etilmoqda.

Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi mavjud muammolarni hamda normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar va ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari, takliflarini bildirdi. Hujjatdagi ayrim normalar yuzasidan turli savollar oʻrtaga tashlandi va ularga mutasaddilardan atroflicha javoblar olindi.

Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер