Sergelida YTHda 3 kishi halok boʻldi

20:32 16 Fevral 2020 Jamiyat
759 0

Foto: www.google.com

Bugun, 16-fevral kuni soat 07:30 larda Sirgʻali tumani Choshtepa koʻchasida Yangiyoʻl tumanida yashovchi O.A. “VAZ-2106” rusumli transport vositasida harakatlanayotib rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetida joylashgan uyning devoriga urilgan. Shundan soʻng Yangiyoʻl tumanida yashovchi R.Sh. “Lasetti” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib “Vaz 2106” rusumli transport vositasi oldida turgan piyodalarni urib yuborgan.

Natijada, piyodalar S.I. va M.N.lar voqea joyida, piyoda D.R. esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etishgan.

“Hurmatli yoʻl harakati qatnashchilari yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishingizni, haydovchilar esa yoʻl harakati qoidalarini toʻliq oʻzlashtirishlarini, nosoz transport vositalarini boshqarmasliklarini soʻrab qolamiz”, deyildi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер