Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston hukumatini toʻliq isteʼfoga chiqarib yubordi

02:28 20 Mart 2022 Dunyo
1589 0

Foto: Коммерсантъ

Turkmanistonning yangi prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatini toʻliq isteʼfoga chiqardi. 

Bu mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshirildi. Shu bilan birga, vazirlar yangi hukumat tuzilgunga qadar oʻz vazifalarini bajarishda davom etadilar.

12-mart kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari oʻtkazilgan prezident saylovida sobiq davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov qariyb 73 foiz ovoz toʻplab, gʻalaba qozongandi. Dastlab, ovoz berish 2024-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq davlat rahbari farmoni bilan u 2022-yil bahoriga koʻchirildi.

Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiya marosimi 19-mart kuni Ashxoboddagi Ruxet saroyida boʻlib oʻtdi va u rasman mamlakat prezidenti lavozimiga kirishdi. Shu tariqa Serdar Berdimuhamedov keyingi sakkiz yil davomida Turkmanistonni boshqaradigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер