Seni televizorda koʻrdim – Prezident yoshlardan birini tanidi

09:26 08 Fevral 2021 Siyosat
2670 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan hafta Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan va viloyatga safarini Oltiariq tumanidagi “Fayzli bogʻlar sari” uzumchilik kooperatsiyasidan boshlagan edi.

Mirziyoyev u yerda yoshlar bilan ham uchrashdi. Prezident matbuot xizmatining “Maxsus rakurs” dasturida hikoya qilinishicha Prezident yoshlardan birini darhol tanigan.

Prezident “Qani, Sardor, gapiring”, deya yuzlangan yoshlardan biriga. Davlat rahbari yoshlardan “Televizorda ham chiqding-a, televizorda koʻrdim men seni. Mayli sizlar tayyorgarlik qilgansizlar, amalda biror narsa oʻzgarganini sezyapsizlarmi yoʻqmi? Oʻzlaringda, har birlaringda”, degan savoliga barcha yoshlar bir ovozdan “Sezyapmiz” deb javob bergan.

“Oʻzga yurtda yurib, aldanib, pulimni ololmadim, oʻrtoqlarim aytishgandi shunga keldim, ishlayapmiz. Birinchi hosilimizga karam ekdik. Har bir odamga 12 sotixdan boʻlib berildi. Ota-onamning oldidaman, bagʻridaman”, deya oʻzi haqida gapirib bergan yoshlardan biri.

Prezident uchrashuvdagi yoshlarga qarata «Musofirlikda yashash qanday ogʻir?! Baribir oʻz ustilaringda ishlashlaring kerak. Har bir inson erishgan muvaffaqiyatiga hech qachon qoniqish hosil qilmasligi kerak. Oʻzbekistonning qanoti, kuchi sizlar boʻlasizlar», dedi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер