Senegal Afrika millatlar kubogi musobaqasida gʻolib boʻldi
1 oy mobaynida Marokash mamlakatida boʻlib oʻtgan Afrika millatlar kubogi musobaqasi yakunlandi. Kecha, 18-yanvar kuni ushbu turnirning final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa mezboni Marokash terma jamoasi Senegal bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga ekstra-taymlarda “Vilyarreal” futbolchisi Pape Geye mualliflik qildi.
Shu tariqa, Senegal terma jamoasi oʻz tarixida ikkinchi marta ushbu turnirda gʻalaba qozondi. Ilgariroq Sadio Mane boshchiligidagi jamoa 2021-yil Kamerunda boʻlib oʻtgan musobaqada ham chempion boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring