Senatorlar joylarda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi vazifalarini muhokama qilmoqda
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi majlisida senatorlar, ekspertlar, xalq deputatlari viloyat va Termiz shahar Kengashlari deputatlari, shuningdek, tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan davlat boshqaruvi tizimidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Muhokama davomida Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Dilbar Suvanova “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga toʻxtalib, hujjat davlat boshqaruvini ochiq, samarali va xalq manfaatlariga yoʻnaltirilgan tizimga aylantirishga qaratilganini taʼkidladi.
Qayd etilganidek, Strategiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, davlat organlari faoliyatida hisobdorlik va shaffoflikni kuchaytirishda muhim dasturilamal hisoblanadi.
Deputatlar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatni uzoq muddatli barqaror taraqqiyot yoʻliga olib chiqish, islohotlarni tizimli davom ettirish va yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring